Yankauskas: De Yong Ispaniya oʻyinini boshqaradi

Yankauskas: De Yong Ispaniya oʻyinini boshqaradi
Litva terma jamoasi bosh murabbiyi Edgaras Yankauskas Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yongning oʻyiniga o'z munosabatini bildirdi. "Frenki de Yong oʻz jamoasining oʻyin uslubini oʻzgartiradi.

Har bir hujum aynan uning orqali boshlanadi. U har bir epizodda faol ishtirok etadi va Ispaniya terma jamoasining oʻyinini boshqaradi", dedi Yankauskas.

Eslatib oʻtamiz, Litva terma jamoasi JCh–2026 saralash bosqichining oʻninchi turida Niderlandiyaga qarshi maydonga tushib, 0:4 hisobida magʻlub boʻldi. Uchrashuv davomida Frenki de Yong bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, Yankauskas shogirdlari guruh "G"da soʻnggi oʻrinni egalladi. Ular 8 ta oʻyinda atigi 3 ochko jamgʻarishga muvaffaq boʻlishdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.