Real himoyachisi Militao jarohat oldi

Real himoyachisi Militao jarohat oldi
Madridning "Real" jamoasi markaziy himoyachisi Eder Militao Braziliya terma jamoasi tarkibidagi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi. Himoyachi seshanba kuni Tunisga qarshi o'yinning 60-daqiqasida almashtirildi.

Bu uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Cope xabar berishicha, 27 yoshli futbolchi son mushaklaridagi noqulaylik sabab maydonni tark etgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Militao jiddiy jarohatdan qochib qutulgan. Futbolchining tiklanish muddati Madridga qaytgach o'tkaziladigan tibbiy ko'rikdan keyin aniqlanadi.

"Real"ning navbatdagi uchrashuvi 23-noyabr kuni La Liga doirasida "Elche"ga qarshi bo'ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.