Barselona ijara futbolchilaridan norozi


Barselonaning boshqa klublarda ijarada o\'ynayotgan futbolchilari kutilgan darajada o\'zlarini ko\'rsata olmayapti. Ansu Fati mavsumni Monakoda yorqin boshladi va bir muddat Liga 1 to\'purarlari ro\'yxatida yetakchi bo\'ldi.
Ammo so\'nggi olti uchrashuvda hujumchi gol ura olmadi. Mundo Deportivo xabariga ko\'ra, Barselona rahbariyati Fatiga ijarada yetarlicha o\'yin amaliyoti berilmayotganidan norozi.
Shu kabi vaziyat Elchedagi darvozabon Inyaki Penya, Granadadagi Ander Astralaga va yana bir Elche futbolchisi, himoyachi Ektor Fort bilan ham kuzatilmoqda. Ular asosiy tarkib uchun yetarli imkoniyatga ega emas, bu esa kataloniyaliklarni xafa qilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













