Mastantuono: Maqsadim Realda choʻqqiga chiqish

Mastantuono: Maqsadim Realda choʻqqiga chiqish
Madridning "Real" klubi vingeri Franko Mastantuono jamoada erishmoqchi boʻlgan maqsadlari haqida gapirdi. Argentinalik futbolchi La Liga grandiga 18 yoshga toʻlganida, yaʼni avgust oyida qoʻshildi.

Ispaniyaga koʻchib oʻtishdan avval u oʻz vatanida "River Pleyt" jamoasi sharafini himoya qilgan. "Hali oʻzimning eng yuqori darajamga chiqmadim.

"River Pleyt"da oʻzimni koʻrsata oldim, ammo bu mening faoliyatimdagi choʻqqi emas. Men mehnat qilishda davom etaman va oʻzimni yanada takomillashtiraman.

"Real" – dunyoning eng yaxshi klubi, va men bu jamoada uzoq yillar oʻynashni istayman", – dedi Mastantuono "Madrid Xtra"ga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, futbolchi "Real" safida oʻtkazgan 12 uchrashuvda bitta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.