Rafinya, Yamal va Pedrining holati maʼlum bo‘ldi

Rafinya, Yamal va Pedrining holati maʼlum bo‘ldi
“Barselona” futbolchilari Rafinya, Lamin Yamal va Pedrining jismoniy holati bo‘yicha maʼlumotlar paydo bo‘ldi. Ushbu maʼlumotlar Barca Universal sahifasida jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqdagi yozuvlaridan yig‘ilgan.

Hujumchi Rafinya mashg‘ulotning bir qismini asosiy guruh bilan yaxshi his-tuyg‘ular bilan o‘tkazdi. Lamin Yamal esa mashg‘ulotni zalda davom ettirdi.

Yarim himoyachi Pedri esa seshanba kuni guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazishi kerak edi, biroq unga gastroenterit xalaqit berdi. Hozirda “Barselona” La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Xans-Diter Flik jamoasi peshqadam “Real”dan uch ochkoga ortda qolmoqda. “Barselona” navbatdagi o‘yinini 22-noyabr kuni “Kamp Nou” stadionida “Atletik”ga qarshi o‘tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.