Arnautovich: Nihoyat, biz buni uddaladik!

Avstriya milliy jamoasi va "Crvena Zvezda" hujumchisi Marko Arnautovich jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionatiga chiqishini izohladi. Soʻnggi kunlarda avstriyalik futbolchilar Bosniya va Gersegovina jamoasiga qarshi oʻyinda 1:1 hisobida durang oʻynab, saralash guruhida birinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlishdi.
"Ishonolmayman: biz buni uddaladik! Men 18 yil davomida Jahon chempionatiga chiqishni orzu qilganman.
Nihoyat, faoliyatimning oxirgi bosqichida bunga erishdik. Turnir boshlanishini intiqlik bilan kutyapman", - deydi 36 yoshli Arnautovich.
Eslatib oʻtamiz, kelasi yil yozda boʻlib oʻtadigan mundial AQSh, Meksika va Kanadada tashkil etiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Ishonolmayman: biz buni uddaladik! Men 18 yil davomida Jahon chempionatiga chiqishni orzu qilganman.
Nihoyat, faoliyatimning oxirgi bosqichida bunga erishdik. Turnir boshlanishini intiqlik bilan kutyapman", - deydi 36 yoshli Arnautovich.
Eslatib oʻtamiz, kelasi yil yozda boʻlib oʻtadigan mundial AQSh, Meksika va Kanadada tashkil etiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













