Rodrigo "Real"dagi holati haqida fikr bildirdi

Rodrigo "Real"dagi holati haqida fikr bildirdi
Madridning "Real" klubiga tegishli hujumchi Rodrigo o‘zining jamoada tutgan o‘rni haqida fikr bildirdi. 2025/2026 yilgi mavsumda braziliyalik futbolchi "qirollik klubi"ning asosiy tarkibida bor-yo‘g‘i uch marta maydonga tushgan.

"Men juda ko‘p narsa qila olmayman, faqat mashg‘ulotlarda astoydil ishlashim mumkin. Aynan mana shu orqali men bosh murabbiyning ishonchini qozonishga harakat qilaman.

Braziliya terma jamoasida Karlo Anchelottining ishonchini qozonishimga o‘xshash natijaga erishmoqchiman", – deydi Rodrigo. Uning so‘zlarini jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatdi.

Shuni ham ta’kidlash joizki, 24 yoshli Rodrigo kelajagi haqida matbuotda turli mish-mishlar tarqalmoqda. Uni Angliya Premyer-ligasining bir qancha klublari bilan faol bog‘lashmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, nufuzli Transfermarkt portali Rodrigo transfer qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.