Livakovich "Jirona"ni tark etishi mumkin

Livakovich "Jirona"ni tark etishi mumkin
Xorvatiyalik darvozabon Dominik Livakovich qishki transfer oynasida "Jirona" klubini tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, 30 yoshli Livakovich milliy terma jamoada birinchi raqamli darvozabon bo‘lishni davom ettirish uchun ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlamoqda. "Dinamo" Zagreb, "Bolonya", "Maynts" va "Betis" klublari uning holatini yaqindan kuzatib bormoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, Livakovichning shartnomasi "Fenerbaxche" klubiga tegishli bo‘lib, u "Jirona" jamoasida ijarada o‘ynamoqda. Biroq, Ispaniya klubida u hali birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi.

Livakovichning "Fenerbaxche" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.