Mark Gʻehi qishda faqat "Liverpul"ga oʻtishi mumkin

“Kristal Pelas” markaziy himoyachisi Mark Gʻehi qishki transfer oynasidayoq yangi klubga oʻtishi mumkin. Sky Sports xabariga koʻra, londonliklar rahbariyati 25 yoshli ingliz futbolchisini yanvar oyida faqat “Liverpul” sotib olishi mumkinligiga ishonmoqda.
Boshqa yirik klublar esa Gʻehini yozda erkin agent sifatida qoʻlga kiritishni rejalashtirmoqda. Mark Gʻehi amaldagi shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayapti.
Uning shartnomasi 2026-yilning iyun oyida yakuniga yetadi. Shu sababli, “Kristal Pelas” uchun yanvar transfer oynasi futbolchini sotib, daromad olishning soʻnggi imkoniyati boʻlishi mumkin.
Gʻehiga “Real Madrid”, “Barselona”, “Bavariya” va “Manchester Yunayted” kabi klublar ham qiziqish bildirmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Boshqa yirik klublar esa Gʻehini yozda erkin agent sifatida qoʻlga kiritishni rejalashtirmoqda. Mark Gʻehi amaldagi shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayapti.
Uning shartnomasi 2026-yilning iyun oyida yakuniga yetadi. Shu sababli, “Kristal Pelas” uchun yanvar transfer oynasi futbolchini sotib, daromad olishning soʻnggi imkoniyati boʻlishi mumkin.
Gʻehiga “Real Madrid”, “Barselona”, “Bavariya” va “Manchester Yunayted” kabi klublar ham qiziqish bildirmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













