Akandji Kivuning murabbiylik darajasini baholadi

Akandji Kivuning murabbiylik darajasini baholadi
Milanning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Manuel Akandji jamoaning bosh murabbiyi Kristian Kivu haqida o'z fikrlarini bildirdi. Ruminiyalik mutaxassis joriy yilning iyun oyida Simone Indzagini almashtirgan holda "Inter" boshqaruviga keldi.

Shveysariyalik futbolchi esa sentyabr oyida "Manchester Siti"dan ijaraga o'tib, "neradzurri" safini to'ldirdi. "Kivu hali yosh, lekin uning jamoa va xodimlar bilan ishlash uslubi, biz bilan muloqot qilish usuli menga yoqadi.

Men undan juda mamnunman. Albatta, Kristian hali ko'p narsalarni o'rganishi kerak, lekin uning orqasida muvaffaqiyatli futbolchilik faoliyati bor – bu uning uchun ilhom manbai bo'lishi mumkin.

Shuningdek, u boshqa yaxshi murabbiylar bilan ishlashdan tajriba olgan. Uning murabbiylik faoliyati qanday kechishini ko'ramiz", – deydi Akandji SportMediaset nashriga.

"Inter" A Seriya turnir jadvalida 11 turdan keyin 24 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.