Roma APL hujumchisiga ko'z tikdi

Roma APL hujumchisiga ko'z tikdi
Roma jamoasi qishki transfer oynasida hujum chizigʻini kuchaytirishni maqsad qilgan. Seriya A klubi transfer bozorini oʻrganib, "Tottenhem" hujumchisi Matis Telga qiziqish bildirgan.

La Gazzetta dello Sport xabariga koʻra, Roma Telni 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi qismiga ijaraga olishga tayyor. "Tottenhem" esa futbolchini sotishga tayyor emas, biroq ijaraga berish takliflarini koʻrib chiqishga ochiq.

Angliya chempionatining joriy mavsumida Tel atigi 8 oʻyinda maydonga tushgan, shundan uchtasida asosiy tarkibda oʻynagan. Ushbu oʻyinlarda 20 yoshli frantsiyalik hujumchi ikkita gol urishga erishgan.

Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, Telning transfer qiymati 35 million yevroga baholangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.