Tibo Kurtoa dunyoning eng yaxshi darvozabonlarini aytdi

Madridning "Real" jamoasi darvozaboni Tibo Kurtoa hozirgi futbol olamidagi eng yaxshi uch darvozabonni aytib o'tdi. Qiziqarli tomoni shundaki, 33 yoshli belgiyalik darvozabon o'zini ro'yxatga kiritmadi.
"Dunyoning eng yaxshi uch darvozaboni kim? Men bu borada o'zimni chetga olaman.
Uchinchi o'rinda - Yan Oblak, ikkinchi o'rinda - Alisson va birinchi o'rinda David Raya", - dedi Kurtoa so'nggi intervyusida. Yan Oblak Madridning "Atletiko" jamoasida, Alisson Bekker "Liverpul" safida, David Raya esa Londonning "Arsenal" klubida darvoza qo'riqlaydi.
Joriy mavsumda Tibo Kurtoa "Real" safida 16 o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol o'tkazib yubordi va 8 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Dunyoning eng yaxshi uch darvozaboni kim? Men bu borada o'zimni chetga olaman.
Uchinchi o'rinda - Yan Oblak, ikkinchi o'rinda - Alisson va birinchi o'rinda David Raya", - dedi Kurtoa so'nggi intervyusida. Yan Oblak Madridning "Atletiko" jamoasida, Alisson Bekker "Liverpul" safida, David Raya esa Londonning "Arsenal" klubida darvoza qo'riqlaydi.
Joriy mavsumda Tibo Kurtoa "Real" safida 16 o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol o'tkazib yubordi va 8 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













