Real Madrid virtual loyiha ishga tushiradi

Real Madrid virtual loyiha ishga tushiradi
Real Madrid klubi prezidenti Florentino Peres "Santiago Bernabeu" stadioni uchun virtual reallik loyihasi ustida ishlayotgani haqida maʼlumot berdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu loyiha orqali dunyoning istalgan burchagidagi muxlislar oʻzlarini xuddi stadionda oʻtirgandek his qilishlari mumkin boʻladi.

"Bu sport tarixidagi muhim qadam boʻlib, ilgari bunday narsa boʻlmagan", – deya taʼkidladi Peres Madrid Zone nashriga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, "Santiago Bernabeu" – Real Madridning uy stadioni boʻlib, uning sigʻimi 80 mingdan oshadi.

Hozirda Real Madrid Ispaniya La Ligasida 12 ta tur oʻyinidan keyin 31 ochko jamgʻarib, musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.