Urugvay terma jamoasi murabbaysiz qolishi mumkin

Urugvay terma jamoasi murabbaysiz qolishi mumkin
70 yoshli argentinalik murabbiy Marselo Byelsa yaqin vaqt ichida Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishi mumkin. Bu haqda Pasesuruguay nashri xabar berdi.

Jurnalistlarning maʼlumotiga koʻra, terma jamoa ustozi Urugvay futbol assotsiatsiyasi bilan yangi mehnat shartnomasi boʻyicha muzokaralar oʻtkazgan. Ammo assotsiatsiya murabbiy bilan hamkorlikni davom ettirishga ishonch bildirmayotgani aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Urugvay terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichida 28 ochko toʻplab, toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi va mundialga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oldi. Mazkur nufuzli musobaqa 2026-yilning yozida Shimoliy Amerikada boʻlib oʻtadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.