Koke: Men hali ham Atletikoga ko'p narsa bera olaman

Koke: Men hali ham Atletikoga ko'p narsa bera olaman
Ispaniyalik yarim himoyachi Koke, Madridning "Atletiko" klubi futbolchisi, o'z yoshi haqida fikr bildirdi. Yaqin orada futbolchi 34 yoshni qarshilaydi.

"Men hozir 33 yoshdaman va hali ham o'zimni yosh deb hisoblayman. Men hali ham "Atletiko" va Ispaniya futboliga ko'p narsa bera olaman", - dedi yarim himoyachi AS nashriga.

Ta'kidlash joizki, Koke o'zining professional faoliyati davomida faqat "matraschilar" safida o'ynab kelmoqda. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozda yakunlanadi.

Joriy mavsumda Koke 18 o'yinda maydonga tushib, ikkita samarali uzatmani amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.