O'zbekistonlik murabbiy Qirg'iziston klubiga rahbar bo'ldi

O'zbekistonlik murabbiy Qirg'iziston klubiga rahbar bo'ldi
O'zbekistonlik murabbiy Dmitriy An Qirg'izistonda ish boshladi. Bu haqda OAV xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, An "Neftchi Kochkor-Ata" futbol klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi. 51 yoshli mutaxassis uzoq yillar davomida Toshkentning "Paxtakor" klubi tizimida faoliyat yuritgan, o'tgan mavsumda esa "Navbahor" akademiyasida ishlagan.

Ta'kidlash joiz, "Neftchi Kochkor-Ata" Qirg'iziston chempionatida 9-o'rinni egallab turibdi. Klub tarkibining umumiy qiymati 1,5 million yevroga baholanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.