Yamalning hayoti "Real" mag'lubiyatidan keyin o'zgardi

Barselona vingeri Lamin Yamal "Real"ga qarshi "El-Klasiko"dagi mag'lubiyatidan so'ng o'z hayot tarzini o'zgartirdi. 18 yoshli futbolchi o'yin oldidan madridliklarga nisbatan keskin fikrlar bildirgan edi.
Ushbu bahs "Real"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi va "ko'k-anorranglilar"ning bu iste'dodli futbolchisi o'zini ko'rsata olmadi, hatto maydonda "Real" futbolchilari bilan janjallashdi. Mundo Deportivo ma'lumotiga ko'ra, "Santyago Bernabeu"dagi mag'lubiyatdan so'ng Yamal va uning yaqinlari omma oldida kamroq ko'rinishga va ijtimoiy tarmoqlardagi faollikni kamaytirishga qaror qilishgan.
Shuningdek, yosh yulduzning shaxsiy hayotidagi qiyinchiliklar, xususan, Niki Nikol bilan ajralish ham unga salbiy ta'sir qilgan. Joriy mavsumda Lamin Yamal "Barselona" safida 11 o'yinda 6 ta gol urib, 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ushbu bahs "Real"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi va "ko'k-anorranglilar"ning bu iste'dodli futbolchisi o'zini ko'rsata olmadi, hatto maydonda "Real" futbolchilari bilan janjallashdi. Mundo Deportivo ma'lumotiga ko'ra, "Santyago Bernabeu"dagi mag'lubiyatdan so'ng Yamal va uning yaqinlari omma oldida kamroq ko'rinishga va ijtimoiy tarmoqlardagi faollikni kamaytirishga qaror qilishgan.
Shuningdek, yosh yulduzning shaxsiy hayotidagi qiyinchiliklar, xususan, Niki Nikol bilan ajralish ham unga salbiy ta'sir qilgan. Joriy mavsumda Lamin Yamal "Barselona" safida 11 o'yinda 6 ta gol urib, 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













