Kurtua: Mbappe bu mavsumda yetakchiga aylandi

Kurtua: Mbappe bu mavsumda yetakchiga aylandi
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Kilian Mbappening hozirgi mavsumdagi o'zgarishlari haqida fikr bildirdi. Belgiyalik posbonning ta'kidlashicha, Mbappe klubga kelgan ilk mavsumida yangi jamoaga moslashish bilan band bo'lgan.

Ammo hozirda u o'zini to'liq namoyon qilib, jamoaning yetakchisiga aylangan. "Bu mavsumda Mbappening kayfiyati butunlay boshqacha – u g'olib mentalitetini ko'rsatmoqda.

Barchaga ayonki, u jamoamizning yetakchisiga aylandi. O'tgan mavsumda u yangi jamoa va o'zining maydondagi roli bilan bog'liq qiyinchiliklarni boshdan kechirgan edi, ammo endi u bizni ortidan yetaklamoqda", – dedi Kurtua Madrid Universal nashriga bergan intervyusida.

Yakshanba kuni "qirollik klubi" La Liganing 13-turida safarda "Elche"ga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.