Chelsi Aksel Disasidan voz kechishga tayyor

Chelsi Aksel Disasidan voz kechishga tayyor
Fransiyalik markaziy himoyachi Aksel Disasi Londonning "Chelsi" klubini tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbalarga ko'ra, qishki transfer oynasi yaqinlashar ekan, Disasiga "Galatasaroy", "Monako", "Bornmut", "Vest Xem", "Kristal Pelas", "Fiorentina", "Yuventus", "Borussiya Dortmund" va "Sevilya" klublari qiziqish bildirmoqda. "Chelsi" himoyachini sotish yoki ijaraga berish takliflarini qabul qilishga tayyor.

Klub futbolchini 25 million yevro evaziga sotishga rozilik bildirgan. Joriy mavsumda Disasi asosiy tarkibda biror marta maydonga tushmadi.

Futbolchining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali 27 yoshli futbolchining qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.