Ulixoness Garri Keyn haqida fikr bildirdi

Ulixoness Garri Keyn haqida fikr bildirdi
Bavariya klubining faxriy prezidenti va Germaniya futboli afsonasi Uli Xyoness myunxenliklar hujumchisi Garri Keyn haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. "Menga u haqiqatan ham yoqadigan jihati shundaki, dastlab u jarima maydonida to‘pni kutadigan oddiy hujumchi edi.

Ammo bugungi kunda u hujumlarni yakunlay oladigan pleymeykerga, maydondagi boshqa o‘yinchilarni ruhlantiradigan xarakterli futbolchiga aylandi", — deydi Xyoness Kicker nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Keyn "Bavariya" tarkibida o‘tgan mavsumdan buyon o‘ynab kelmoqda.

Joriy mavsumda u barcha rasmiy musobaqalarda 23 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Shulardan 13 tasi Bundesliganing 10 o‘yinida, yana 5 ta gol Chempionlar Ligasi doirasida, 4 ta gol Germaniya Kubogida va 1 ta gol Superkubokda kiritilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.