Eze transfer narxi bosim keltiradimi?

Eze transfer narxi bosim keltiradimi?
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Eberechi Eze "Kristal Pelas"dan "toʻpchilar" safiga oʻtgan transfer summasi tufayli bosim his qiladimi, degan savolga javob berdi. "Bosim?

Yoʻq. Men buni imkoniyat deb bilaman.

Maydonga tushib, oʻz oʻyinimni koʻrsatish, oʻzim bilgan darajadagi futbolchi boʻlish imkoniyati", – dedi Eze "Evening Standard" nashriga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, "Arsenal" Eze uchun "Pelas"ga oʻtgan yozgi transfer oynasida qariyb 70 million yevro toʻlagan edi.

U "Pelas" safida besh yil davomida toʻp surdi, oʻtgan mavsumda Angliya Kubogi, joriy mavsumda esa Angliya Superkubogi sohibiga aylangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.