Luka Modrich: "Dastlab menga qarsak chalinayotganini tushunmadim"

Luka Modrich: "Dastlab menga qarsak chalinayotganini tushunmadim"
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich 2026-yilgi Jahon chempionati saralash o'yini uchun Chernogoriyaga tashrif buyurganida, u yerda o'ziga nisbatan katta hurmat va olqishlarga guvoh bo'ldi. Mazkur uchrashuvda Xorvatiya 0:2 hisobida ortda borayotgan bo'lsa-da, yakunda 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

O'yinning 78-daqiqasida, Xorvatiya uchun ahamiyatli bo'lmagan holatda Modrich zaxiradan maydonga tushdi va butun stadion unga qarsak chaldi. Luka o'sha paytda bu qarsaklar aynan unga atalganini darhol anglab yetmaganini tan oldi.

"Dastlab menga qarsak chalinayotganini tushunmadim. Balki biroz kech anglagandirman.

Yurakdan minnatdorman. Futbolga bo'lgan muhabbatim meni oldinga intilishimga yordam beradi", deya Modrichning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Hozirda Luka Modrich Italiyada "Milan" klubi sharafini himoya qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.