Mehmet Shollning uyi Myunxenda yonib ketdi

Mehmet Shollning uyi Myunxenda yonib ketdi
Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq futbolchisi Mehmet Sholl uchun bu voqea haqiqiy drama bo'ldi. Germaniyaning Bild nashriga ko'ra, uning uyi elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yonib ketgan.

Yong'in avval qo'shni garajda boshlangan va keyinchalik Shollning garajiga ham ko'chgan. Yaxshiyamki, uyning o'zi deyarli zarar ko'rmagan, ammo garaj va undagi avtomobil jiddiy zarar ko'rgan.

Hodisa vaqtida hech kimga zarar yetmagan. Mehmet Sholl 1990-yillarda "Bavariya" safida ajoyib o'yinlari bilan tanilgan.

U klub safida 469 ta o'yinda maydonga tushib, 117 ta gol urgan. Sholl sakkiz marta Germaniya Bundesligasi chempioni bo'lgan va 2001 yilda Chempionlar Ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.