Kolo-Muani maxsus niqobda mashgʻulot oʻtkazmoqda

Randal Kolo-Muani yaqinda "Tottenhem" va "Manchester Yunayted" oʻrtasidagi oʻyinda jagʻidan jarohat olib, Fransiya terma jamoasiga chaqirilmadi. Avvaliga uning jarohati sabab sakkiz haftagacha maydonga tusha olmasligi aytilgan edi, biroq operatsiya talab qilinmadi.
"The Telegraph" nashrining xabariga koʻra, 26 yoshli Kolo-Muani hozirda jagʻini himoya qiluvchi maxsus niqobda mashgʻulot oʻtkazmoqda. Fransiyalik futbolchi 23-noyabr, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan "Arsenal"ga qarshi derbida maydonga tushishi mumkin.
Kuz boshida "Tottenhem" Kolo-Muanini "PSJ"dan ijaraga olgan edi. Hujumchi shu vaqtgacha jamoa tarkibida sakkizta oʻyin oʻtkazib, bitta golli uzatma amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"The Telegraph" nashrining xabariga koʻra, 26 yoshli Kolo-Muani hozirda jagʻini himoya qiluvchi maxsus niqobda mashgʻulot oʻtkazmoqda. Fransiyalik futbolchi 23-noyabr, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan "Arsenal"ga qarshi derbida maydonga tushishi mumkin.
Kuz boshida "Tottenhem" Kolo-Muanini "PSJ"dan ijaraga olgan edi. Hujumchi shu vaqtgacha jamoa tarkibida sakkizta oʻyin oʻtkazib, bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













