Ganz: Har doim Leauga ishonganman

Italiyaning "Milan" klubi sobiq hujumchisi Mauritsio Ganz Rafael Leau muvaffaqiyatlaridan mamnun. Ganzning soʻzlariga koʻra, u har doim portugaliyalik hujumchining ulkan salohiyatiga ishongan.
"Uning oʻyini meni ajablantirmaydi, men har doim unga yaxshi munosabatda boʻlganman va uning kuchi hamda keskin hujumlariga hurmat bilan qaraganman. U darvoza oldida xavfli, oʻyin markazida emas.
Allegri uning maydondagi pozitsiyasini toʻgʻri aniqlab berdi. Leau tezkorlik bilan oʻyinni raqib darvozasi tomon yaqinlashtiradi", – dedi Ganz pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, Rafael Leau 2019-yildan buyon "Milan" safida toʻp surmoqda. U bunga qadar Fransiyaning "Lill" va Portugaliyaning "Sporting" klublarida faoliyat yuritgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Uning oʻyini meni ajablantirmaydi, men har doim unga yaxshi munosabatda boʻlganman va uning kuchi hamda keskin hujumlariga hurmat bilan qaraganman. U darvoza oldida xavfli, oʻyin markazida emas.
Allegri uning maydondagi pozitsiyasini toʻgʻri aniqlab berdi. Leau tezkorlik bilan oʻyinni raqib darvozasi tomon yaqinlashtiradi", – dedi Ganz pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, Rafael Leau 2019-yildan buyon "Milan" safida toʻp surmoqda. U bunga qadar Fransiyaning "Lill" va Portugaliyaning "Sporting" klublarida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













