Leau: Himoyachilarga qarshi o‘ynash yoqadi

Leau: Himoyachilarga qarshi o‘ynash yoqadi
Portugaliyalik hujumchi va «Milan» futbolchisi Rafael Leau driblingning katta ishqibozi ekanligini ma’lum qildi. U texnikasi kuchli, to‘p bilan mohirona muomala qila oladigan va jasorat bilan raqiblarni aldab o‘ta oladigan futbolchilarga doim havas qilganini aytdi.

«Ochig‘ini aytsam, birga bir vaziyatlarda, hatto ikki yoki uch nafar himoyachiga qarshi ham o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Men Ronaldinyo, Kuarezma va Ronaldu kabi futbolchilar davrida o‘sganman, ular o‘zlarining maydondagi texnik harakatlari bilan meni qoyil qoldirgan», – deydi Leau pianetamilan.it sayti bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Rafael Leau 2019 yildan beri «Milan» sharafini himoya qilib keladi. U bungacha Fransiyaning «Lill» va Portugaliyaning «Sporting» klublarida o‘ynagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.