Ashraf Hakimi "Real"ga qaytadimi?

Ashraf Hakimi "Real"ga qaytadimi?
PSJ futbolchisi Ashraf Hakimining agenti Alejandro Kamanyo uning Madridning "Real" klubiga qaytishi haqidagi savolga javob berdi. Marokashlik futbolchi faoliyatini "qirollik klubi" tizimida boshlagan va u yerda taxminan 14 yil davomida toʻp surgan edi.

2020 yilda esa u Milanning "Inter" klubiga oʻtgan. "Hakimining "Real"ga qaytishi?

U Parijda baxtli, PSJ bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Ammo futbol olamida hech narsa imkonsiz emas.

"Real" – uning uyi," – deydi Kamanyo SportMediaset nashriga bergan intervyusida. Ashraf Hakimi 2021 yildan beri PSJ safida oʻynab kelmoqda.

Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, Afrikaning 2025 yilgi eng yaxshi futbolchisi deya eʼtirof etilgan Hakimining transfer qiymati 80 million yevroga baholanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.