Gvardiola bu avlod yulduzini eʼlon qildi


Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Norvegiya terma jamoasi va \"shaharliklar\" hujumchisi Erling Holand haqida o\'z fikrlarini bildirdi. \"Holand – bu avlodning asosiy isteʼdodi.
Unda uni noyob futbolchiga aylantiradigan barcha fazilatlar mujassam. Bunday futbolchilar bir necha avlodda bir marta paydo bo\'ladi\", – dedi Gvardiolaning so\'zlarini Marca nashri keltiradi.
Joriy mavsumda skandinaviyalik hujumchi Angliya klubi safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. \"Manchester Siti\"ning navbatdagi o‘yini 22-noyabr kuni safarda \"Nyukasl\"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













