Boateng Barselonaga nega keldi?


Germaniya milliy terma jamoasi va Myunxenning \"Bavariya\" klubi sobiq futbolchisi Jerom Boateng Kataloniyaning \"Barselona\" klubi mashg\'ulot maydonchasida ko\'rindi. Bu haqda \"ko\'k-anorranglilar\" matbuot xizmati xabar berdi.
\"Xush kelibsiz, Jerom Boateng\", - deyiladi \"Barselona\"ning ijtimoiy tarmoqdagi xabarida. Tashrif davomida Boateng \"Bavariya\"ning sobiq bosh murabbiyi Xans-Diter Flik, myunxenliklar sobiq hujumchisi Robert Levandovski va \"Barselona\"ning boshqa futbolchilari bilan suhbatlashdi.
Jerom \"Barselona\" bazasida bir necha kun vaqt o\'tkazadi. Eslatib o\'tamiz, u 37 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













