Yamal: Kamp Nou bizga kuch beradi


Kataloniyaning “Barselona” klubi yulduzi Lamin Yamal jamoaning ikki yillik restavratsiyadan so‘ng o‘z uy stadioni “Kamp Nou”ga qaytishi borasida fikr bildirdi. “Bizning muxlislarimiz jamoa uchun juda muhim.
Biz avvalgi o‘yinlarda o‘zimizga tegishli bo‘lmagan stadionda o‘ynadik. Bu biz xohlagan maydon emas edi.
Endi esa “Kamp Nou”da katta qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lamiz, bu esa bizga bu mavsumda yordam beradi”, — dedi 18 yoshli futbolchi, Marca nashri xabariga ko‘ra. Eslatib o‘tamiz, “Barselona” o‘z uyiga qaytguniga qadar “Monjuik” stadionida o‘z o‘yinlarini o‘tkazib kelgan edi.
Lamin Yamal “Barselona” bilan olti yillik shartnomaga ega bo‘lib, uning transfer qiymati 200 million yevroni tashkil qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













