Maktominey Ronalduning rekordini yangiladi

Maktominey Ronalduning rekordini yangiladi
Italiyaning "Napoli" klubi yarim himoyachisi Skott Maktominey Daniya bilan bo'lgan o‘yinda ajoyib gol urdi. Bu gol nafaqat uning vatani Shotlandiyada, balki butun futbol olamida uzoq vaqt tilga olinadi.

Maktominey akrobatik sakrash orqali to‘pni o‘zidan oshirib zarba berdi va chiroyli tarzda gol urdi. Ushbu zarba nafaqat tomoshabopligi, balki yangi rekord bilan ham e’tiborga sazovor bo‘ldi.

Gap shundaki, Maktomineyning oyog‘i to‘pga 253 santimetr balandlikda tegdi. Bu esa avvalgi rekorddan 15 santimetr yuqori.

Mazkur oldingi rekord portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronalduga tegishli edi. Ronaldu 2018 yil aprelida 238 santimetr balandlikka sakrab, darvozaga bosh bilan gol urgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Shotlandiya terma jamoasi 21-asr boshidan buyon ilk bor Jahon chempionati final bosqichiga yo‘l oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.