Adriyen Rabyo derbida gʻalaba golini urmoqchi

Adriyen Rabyo derbida gʻalaba golini urmoqchi
Adriyen Rabyo, "Milan" yarim himoyachisi, Italiyaning "Inter" klubi bilan boʻladigan derbi oldidan oʻz fikrlarini bildirdi. "Bu juda hayajonli oʻyin.

Men bunday derbini stadionda koʻrmaganman, lekin buni intiqlik bilan kutyapman, chunki bunday oʻyinlarni juda yaxshi koʻraman. Televizorda atmosfera toʻliq yetib bormaydi.

Bunday derbida ishtirok etganimni aytish ajoyib boʻlardi. Oxirgi daqiqalarda oʻyin taqdirini hal qiluvchi golni urishim esa juda zoʻr boʻlardi!

Bu oson boʻlmaydi, ikkala jamoa ham kuchli. Natijani maydondagi mayda detallargina hal qiladi.

Maynan menga bu oʻyinning qanchalik muhimligi va klub hamda muxlislar uchun gʻalaba qanchalik ahamiyatli ekanligini aytib berdi. Bularning barchasi meni ilhomlantiradi", – dedi Rabyo DAZN nashriga.

"Inter" va "Milan" oʻrtasidagi oʻyin yakshanba, 23-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.