Derbi oldidan prognoz qilish qiyin

Derbi oldidan prognoz qilish qiyin
Italiyaning "Milan" klubi va milliy terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Stefano Eranio Italiya chempionatining navbatdagi turida bo'lib o'tadigan asosiy o'yin haqida fikr bildirdi. Ushbu bahsda Milanning ikki jamoasi - "Inter" va "Milan" o'zaro to'qnash keladi.

"Inter" bir necha yillardan beri o'z uslubini barqaror rivojlantirib kelmoqda va jamoaning o'yin stili yaxshi shakllangan. "Milan" esa o'zgarishlar jarayonini boshdan kechirdi.

Shunga qaramay, derbi oldidan prognoz qilish har doim juda qiyin", - deya Eranioning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it. Eslatib o'tamiz, ayni damda "Inter" Italiya chempionati turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi, "Milan" esa uchinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.