Luis Dias Chempionlar ligasida 3 o‘yinga chetlatildi

Luis Dias Chempionlar ligasida 3 o‘yinga chetlatildi
UEFA "Bavariya" futbolchisi Luis Diasga nisbatan qaror chiqardi. U Chempionlar ligasining guruh bosqichi 4-turi doirasida "PSJ"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgan edi.

28 yoshli futbolchi parijliklarning himoyachisi Ashraf Hakimiga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun maydonni tark etdi. Marokashlik Hakimi ham jiddiy jarohat olib, o‘yinni davom ettira olmadi.

Sky Sport xabariga ko‘ra, UEFAning so‘nggi qaroriga binoan, Dias Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchta o‘yindan chetlatildi. Shu bois "Bavariya" kolumbiyalik futbolchisiz 26-noyabr kuni "Arsenal", 9-dekabr kuni "Sporting" va 21-yanvar kuni "Union Sent-Jilluaz" jamoalariga qarshi o‘yinlarda maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.