Italʻyano: Oʻzimni yaxshiroq his qilyapman

Italʻyano: Oʻzimni yaxshiroq his qilyapman
«Bolonya» bosh murabbiyi Vinchenzo Italʻyano yaqinda ogʻir kasallik – zotiljamni boshdan kechirgani haqida xabar bergan edik. Jurnalistlar bilan suhbatda u hozirgi sogʻligʻi haqida soʻzlab berdi.

«Menga juda qoʻrqinchli edi, lekin eng ogʻiri ortda qoldi. Asta-sekin 100 foiz tiklanishga umid qilaman.

Shifokorlarga katta rahmat», – deydi Vinchenzo Italʻyano derbyderbyderby.it saytiga bergan intervyusida. Bugun, shanba kuni, «Bolonya» Italiyaning A Seriya chempionati navbatdagi turida «Udineze»ga qarshi maydonga tushadi.

Hozirda «Bolonya» turnir jadvalida beshinchi oʻrinda, «Udineze» esa oʻninchi oʻrinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.