Bavariya va Man Siti iqtidorli himoyachi uchun kurashadi

Bavariya va Man Siti iqtidorli himoyachi uchun kurashadi
Feyenoord jamoasining 19 yoshli o'ng qanot himoyachisi Jivayro Rid Yevropaning eng kuchli klublarini qiziqtirishda davom etmoqda. Mashhur jurnalist Fabrisio Romano xabar berishicha, Myunxenning Bavariya klubi va Manchester Siti futbolchining o'yinlarini yaqindan kuzatmoqda.

Xususan, "shaharliklar" ushbu iqtidorli futbolchini o'z safiga qo'shish uchun qishki transfer oynasidayoq harakat qilishi mumkin. Bu orqali ular o'ng qanot himoyasini kuchaytirishni rejalashtirishmoqda.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Jivayro Ridning narxi 20 million yevroga baholangan. Uning Feyenoord bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha davom etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.