Tottenhem "Portu" forvardini nishonga oldi

Tottenhem "Portu" forvardini nishonga oldi

Tottenhem "Portu" forvardini nishonga oldi
Ispaniyalik hujumchi Samu Agexova faoliyatini Londonning \"Tottenhem\" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, \"shporlar\" 21 yoshli forvardni jamoaga qoʻshib olishga qiziqish bildirmoqda. Klub bosh murabbiyi Tomas Frankning oʻyin uslubiga mos kelishi sababli, Agexova qishki transfer oynasida hujum chizigʻini kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida koʻrilmoqda.

Joriy mavsumda Agexova barcha musobaqalar doirasida 14 oʻyinda maydonga tushib, 9 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma bergan. Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, hujumchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.