Manchester Yunayted ikki futbolchi bilan xayrlashadi

Manchester Yunayted jamoasi yarim himoyachi Kazemiro va vinger Jeydon Sancho bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Kutilishicha, har ikki futbolchi kelasi yil yozida erkin agent sifatida klubni tark etadi.
Sun Sport xabariga ko'ra, braziliyalik va ingliz futbolchilarining ketishi "qizil iblislar"ga maosh xarajatlarida 35 million yevrodan ortiq mablag'ni tejash imkonini beradi. 33 yoshli Kazemiroga Saudiya Arabistoni Pro Ligasining vakillari qiziqish bildirmoqda.
25 yoshli Jeydon Sancho esa hozirgi mavsumni Aston Villa safida ijarada o'tkazmoqda. Uni Italiya A Seriyasining bir nechta klublari bilan bog'lashmoqda.
Manchester Yunayted 11 turdan so'ng Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida yettinchi o'rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Sun Sport xabariga ko'ra, braziliyalik va ingliz futbolchilarining ketishi "qizil iblislar"ga maosh xarajatlarida 35 million yevrodan ortiq mablag'ni tejash imkonini beradi. 33 yoshli Kazemiroga Saudiya Arabistoni Pro Ligasining vakillari qiziqish bildirmoqda.
25 yoshli Jeydon Sancho esa hozirgi mavsumni Aston Villa safida ijarada o'tkazmoqda. Uni Italiya A Seriyasining bir nechta klublari bilan bog'lashmoqda.
Manchester Yunayted 11 turdan so'ng Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida yettinchi o'rinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













