Esekiel Garay Messi va "Barselona" haqida fikr bildirdi

Esekiel Garay Messi va "Barselona" haqida fikr bildirdi

Esekiel Garay Messi va "Barselona" haqida fikr bildirdi
Sobiq \"Real\" va \"Zenit\" futbolchisi, shuningdek, Argentina terma jamoasi vakili Esekiel Garay Lionel Messi va uning \"Barselona\"ga qaytishi ehtimoli haqida fikr bildirdi. \"Men Messi tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblayman.

U bilan birga o‘ynashdan zavq olganman. Leo \"Barselona\"ga qaytadimi?

Men doim Lionelni o‘zimning jamoamda ko‘rishni xohlagan bo‘lardim\", - dedi Garay Sport.es nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Messi \"Barselona\" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U \"ko‘k-anorranglilar\"ning asosiy jamoasida 2005 yildan 2021 yilgacha faoliyat olib borgan. Hozirda argentinalik yulduz \"Inter Mayami\" klubida to‘p surmoqda.

Uning Amerika jamoasi bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.