Kyoln 4 ta gol farqini qaytarishga yaqin edi

Kyoln 4 ta gol farqini qaytarishga yaqin edi
Germaniya chempionatining 11-turida "Kyoln" va "Ayntraxt" jamoalari o'zaro samarali va qiziqarli o'yin o'tkazishdi. O'yin boshida, 4-daqiqadayoq, Yakub Kaminski hisobni ochdi, VAR esa hakamning xatosini tuzatib, ofsayd yo'qligini tasdiqladi (1:0).

Birinchi bo'limning oxirida Artur Teate burchak zarbasidan so'ng Ragnar Axeni bosh bilan yengib, hisobni tenglashtirdi (1:1). Ikkinchi bo'lim boshida Fares Shaibi darvozabonni dogʻda qoldira olmadi, lekin Mahmud Daud qaytgan toʻpni darvozaga yoʻllab, jamoasini oldinga olib chiqdi (1:2).

Keyinroq, Jonatan Burkardt toʻrt daqiqa ichida dubl qayd etdi (1:3 va 1:4). Ammo "Kyoln" o'yindan chiqib ketmadi.

Marius Byulter oxirgi daqiqalarda hisobni qisqartirdi (2:4), kompensatsiya vaqtida esa Luka Valdshmidt bosh bilan to'pni darvozaga yo'llab, yakuniy hisobni o'rnatdi (3:4). Mazkur gʻalabadan soʻng "Ayntraxt" 6-oʻringa ko'tarildi, "Kyoln" esa 9-oʻrinda qoldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.