Pogba 811 kundan soʻng maydonga qaytdi

Pogba 811 kundan soʻng maydonga qaytdi
Monako jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba Fransiya chempionatining 13-turida boʻlib oʻtgan "Ren"ga qarshi oʻyinda jamoa safida debyut qildi. Ushbu uchrashuvda "Monako" 1:4 hisobida magʻlub boʻldi.

32 yoshli Pogba "Monako"ning boshlangʻich tarkibiga kiritilmadi, biroq u 85-daqiqada maydonga tushdi. Bu Pogbaning 811 kundan soʻng ilk rasmiy oʻyini boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Pogba oxirgi marta 2023-yil 3-sentabr kuni maydonga tushgan edi. Shundan soʻng futbolchi antidoping qoidalarini buzganligi uchun diskvalifikatsiya qilingan va keyinchalik oʻz sport formasini tiklash bilan band boʻlgan.

"Monako" oʻzining navbatdagi uchrashuvini 26-noyabr kuni "Pafos"ga qarshi oʻtkazadi. Chempionlar Ligasi umumiy bosqichidagi oʻyin Toshkent vaqti bilan 22:45 da boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.