Eddi Xau: Gvardiolani magʻlub etish uchun uzoq kutdim

Eddi Xau: Gvardiolani magʻlub etish uchun uzoq kutdim
Nyukasl bosh murabbiyi Eddi Xau Angliya Premer-ligasi 12-turida Manchester Siti ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi gʻalabani izohlar ekan, bu uning Pep Gvardiola ustidan birinchi muvaffaqiyati ekanligini taʼkidladi. "Pepni magʻlub etish uchun uzoq kutishga toʻgʻri keldi.

U ajoyib murabbiy. Bungacha Premer-liganing eng yaxshi jamoasiga qarshi oʻyinlarimizda natijalarimiz yaxshi emas edi.

Muhimi, Nyukasl Manchester Sitini magʻlub etdi. Shaxsiy statistikam esa unchalik muhim emas", dedi Xau.

Ayni paytda Nyukasl Premer-liga turnir jadvalida 14-oʻrinni egallab turibdi va 12 uchrashuvdan soʻng 15 ochkoga ega.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.