Barselona himoyachisi jiddiy jarohatdan qutuldi

Barselona himoyachisi jiddiy jarohatdan qutuldi
Barselonaning chap qanot himoyachisi Alejandro Balde Bilbao Atletikiga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limdan so‘ng maydonni tark etdi. 22 yoshli ispaniyalik futbolchining o‘rnini ikkinchi bo‘limda Ronald Araujo egalladi.

Uchrashuv kataloniyaliklar foydasiga 4:0 hisobida yakunlandi. Jurnalist Xavi Miguelning ma'lum qilishicha, Baldening almashtirilishi ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirilgan.

Futbolchi jiddiy jarohatdan qutulgan va seshanba kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan Chelsi bilan bo‘lajak Chempionlar ligasi o‘yinida maydonga tushishi mumkin. Alejandro Balde joriy mavsumda Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoada barcha musobaqalarda o‘tkazgan 12 o‘yinda ikki golli uzatmani amalga oshirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.