Flik Ferminning o'yinini maqtab o'tdi

Flik Ferminning o'yinini maqtab o'tdi
Barselona bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Atletik Bilbao ustidan 4:0 hisobida qozonilgan g'alabadan so'ng hujumkor yarim himoyachi Fermin Lopesning o'yinini yuqori baholadi. 22 yoshli ispaniyalik futbolchi uchrashuvning 48-daqiqasida gol urib, hisobni 3:0 ko'rinishiga olib keldi.

"Fermin juda dinamik futbolchi va bu bizning jamoamizga katta foyda keltiradi. U har qanday vaziyatda to'pni ushlab qolishga qodir, doim jamoa uchun bo'sh joy yaratadi.

Uning o'yinlarini kuzatish haqiqatan ham yoqimli. U har doim gollar va samarali paslarga intiladi", – dedi Flik Barca Universalga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda Fermin Lopes Barselona safida 12 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.