Bayyer gʻalabasi yuzasidan Yuʼlmann fikrlari


Germaniya Bundesligasining 11-turida Leverkuzenning \"Bayyer\" jamoasi \"Volfsburg\" ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyindan soʻng \"farmatsevtlar\" bosh murabbiyi Kasper Yuʼlmann oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
\"Uch ochkoni qoʻlga kiritdik. Jamoamiz bundan juda xursand.
Birinchi boʻlimdagi oʻyinimiz menga juda yoqdi. Ammo ikkinchi boʻlim kutilgan darajada yaxshi boʻlmadi.
Tanaffusdan keyin jamoa sust harakat qildi\", – deya Yuʼlmannning soʻzlarini Bundesliga matbuot xizmati keltirdi. Leverkuzen jamoasi 23 ochko toʻplab, Germaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.
Yuʼlmann shogirdlari peshqadam Myunxenning \"Bavariya\" jamoasidan sakkiz ochkoga ortda qolmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













