Milan derbisi oldidan Mostovoyning prognozi

Milan derbisi oldidan Mostovoyning prognozi
Italiya chempionatining 12-tur markaziy o‘yinida "Inter" va "Milan" jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Mazkur qarama-qarshilikka futbol eksperti Aleksandr Mostovoy o‘z prognozini berdi.

"Men durang yoki minimal g‘alabani kutyapman. Ammo, ehtimol, ikkala jamoa ham gol uradi.

O‘yin "pichoqning uchi"da o‘tadi. Juda qiyin, keskin va har bir bo‘lak maydonda kurash kuzatiladi", - dedi Mostovoy "Stavka TV"ga bergan intervyusida.

"Inter" va "Milan" derbisi bugun, 23-noyabr kuni "Juzeppe Meatsa" stadionida o‘tkaziladi. Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 22:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ushbu o‘yin oldidan mezbon jamoa turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda, mehmon jamoa esa beshinchi o‘rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.