Bavariyaning yirik gʻalabasi haqida Kompani fikri

Bavariyaning yirik gʻalabasi haqida Kompani fikri
Myunxenning "Bavariya" jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani "Frayburg" ustidan qozonilgan yirik gʻalaba haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Germaniya chempionatining 11-tur uchrashuvi "Bavariya"ning mehmonlarni 6:2 hisobida magʻlub etishi bilan yakunlandi.

"Shubhasiz, biz uchun eng muhim vaziyat ikkinchi golni urganimizda, hisobni 2:1 koʻrinishiga olib kelgan holat boʻldi. Keyinchalik sodir boʻlgan barcha voqealar koʻplab futbolchilarimizning yaxshi oʻyini mahsuli boʻldi", dedi Kompani ESPN nashriga.

Hozirda "Bavariya" Bundesliganing turnir jadvalida birinchi oʻrinni egallab turibdi va 31 ochko toʻplagan. Chorshanba kuni "Bavariya" Chempionlar ligasi doirasida safarda "Arsenal" jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.