O‘zbek shaxmatida tarixiy natija: Javohir Sindarov finalga chiqdi


Jahon kubogi yarim finalida o‘zbek shaxmatchilari muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatdi. Javohir Sindarov o‘zbek derbisida Nodirbek Yakubboevni mag‘lub etib, turnirda finalga yo‘l oldi. Finalda u Xitoy shaxmatchisi Wei Yi bilan kuch sinashadi.
Yarim finalda mag‘lub bo‘lgan Nodirbek Yakubboev esa Nomzodlar turnirida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. U 3-o‘rin uchun o‘yinda rossiyalik Andrey Yesipenko bilan bahs olib boradi. Agar Nodirbek g‘alaba qozonsa, Nomzodlar turnirida ikki o‘zbek shaxmatchisi ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Bu natijalar o‘zbek shaxmati tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, xalqaro maydonda milliy shaxmatchilarimizning o‘sib borayotgan kuchini namoyon qilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













