Parma darvozabon uchun o'rinbosar topdi

Parma darvozabon uchun o'rinbosar topdi
Italiyaning "Parma" jamoasi asosiy darvozaboni Dzion Sudzukini jarohat tufayli uzoq muddatga yo'qotdi. Sudzukining bahorgacha safdan chiqishi kutilmoqda.

Klub uning o'rniga 38 yoshli tajribali ispaniyalik darvozabon Visente Guaitani transfer qildi. Guaita Ispaniya va Angliya chempionatlarida katta tajriba to'plagan.

Klub uning bilan 2026 yil 30 iyungacha shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi. Ayni damda "Parma" Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.

Yakshanba kuni jamoa safarda hozirgi mavsumda g'alaba qozonmagan va A Seriyasida oxirgi o'rinda borayotgan "Verona"ga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.