Verona ketma-ket 13 o‘yinda g‘alaba qozona olmadi

Verona ketma-ket 13 o‘yinda g‘alaba qozona olmadi
A Seriyaning eng yomon natijaga ega jamoasi "Verona" ketma-ket 13 ta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. 23-noyabr, yakshanba kuni jamoa o‘z maydonida bevosita raqibi "Parma"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shu tariqa, "Verona" o‘tgan mavsumning so‘nggi turidan beri g‘alaba qozona olmayapti. O‘shanda ular "Empoli"ni mag‘lub etgan edi.

Joriy mavsumda "Verona" nafaqat A Seriyada, balki Italiya kubogida ham birorta rasmiy o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, "Verona" A Seriyadan tushib ketishdan qochib, 37 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 14-o‘rnida mavsumni yakunlagan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.